O‘zbek tilidagi har bir kitobga ovoz beramiz
Biz Toshkentdagi kichik jamoamiz. Sun’iy intellekt va nutq texnologiyalari yordamida o‘zbek tilidagi kitoblarni tabiiy ovozli audiokitobga aylantiramiz. Maqsadimiz oddiy: kitob o‘qishga vaqti yo‘q odam ham uni tinglay olsin, muallif esa asarini qimmat studiyasiz ovozlashtira olsin.
Tingo nomi «tingla» va inglizcha «go» so‘zlaridan tuzilgan: kitobni yo‘lda ham tinglang.
Jamoa
Biz bilan bog‘laning
Savol, taklif yoki hamkorlik bo‘yicha info@tingo.uz manziliga yozing.